Shubhali PDF ilovalar va havolalarga ishonmang — bu zararli dastur bo'lishi mumkin.
So'nggi kunlarda yuridik shaxslarning elektron pochta manzillari va ijtimoiy tarmoqlar orqali O'zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari nomidan turli xabarlar yuborilmoqda. Shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomidan “Ijro ishi materiallari haqida xabarnoma” nomli xatlar yuborilmoqda. Xatga zararli dasturiy ta'minot joylashtirilgan PDF fayl ilova qilingan bo'lishi mumkin. Bunday fayllarni ochmaslikni va havolalarga kirmaslikni qat'iy tavsiya qilamiz. To'lov hujjatlari bilan ishlaydigan foydalanuvchilarning kompyuterlari yoki mobil qurilmalariga antivirus dasturlarini o'rnatishni qat'iy maslahat beramiz.